Huawei 1
Parij—2024. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 11 nafar sportchi bilan qatnashadi

Parij-2024 yozgi Olimpiyada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqalar yakunlandi.

O‘zbekiston boks erkaklar va ayollar milliy terma jamoasi 11 ta vaznda yo‘llanmani naqd qildi.

Bunda erkaklar terma jamoasi jahonda birinchilardan bo‘lib to‘liq tarkibda litsenziyani naqd qilgandi. 

Navbahor Hamidova (-66 kg) Tailandda yakuniga yetayotgan Parij-2024 jahon litsenzion turnirida muvaffaqiyatli qatnashib, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylandi. Hamidova hal qiluvchi bahsda serbiyalik Kristina Kuluxovadan ustun keldi. 

Shu tariqa, boks b‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida 11 nafar sportchi bilan qatnashadigan bo‘ldi. Yigitlar to‘liq tarkibda (7 nafar), qizlar esa tarixda ilk bor 4 sportchi bilan yo‘llanmaga ega chiqdi. Bu ayollar jamoamiz uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Parij-2024 Olimpiyada o‘yinlarida qatnashadigan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar:

  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov
  • -57 kg: Abdumalik Halokov 
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev
  • -71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
  • -80 kg: To‘rabek Habibullayev
  • -92 kg: Lazizbek Mullajonov
  • +92 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar: 

  • -50 kg: Sabina Boboqulova
  • -54 kg: Nigina O‘ktamova
  • -57 kg: Sitora Turdibekova
  • -66 kg: Navbahor Hamidova

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 yozgi Olimpiyada o‘yinlari shu yilning 26-iyulidan 11-avgustigacha bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты