Parij Olimpiadasida uchinchi sportchida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. "Sportschau" gazetasining xabar berishicha, germaniyalik yengil atletikachi Manuel Eytelning koronavirusga tahlili musbat chiqqandan keyin o‘yinlarni tark etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘rnini Till Steynfort egallaydi. Eytel 27 yoshda va yengil atletika bo‘yicha Yevropa chempionatida (2024) umumiy hisobda yettinchi o‘rinni egalladi. Parij Olimpiadasida yengil atletika musobaqalari 1 – 11-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq suzuvchilar – buyuk britaniyalik Adam Piti va avstraliyalik Lani Pallister koronavirusga chalingandi. Olimpiada boshlanishidan oldin yana besh nafar avstraliyalik suv polochisida ham koronavirus aniqlangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты