Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024-yilgi yozgi Olimpia o‘yinlarining qilichbozlik sporti bahslarida homilador sportchi ishtirok etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Misrlik qilichboz Nada Xafez 7 oylik homilasi bilan 29-iyul kuni Olimpiadada musobaqaga kirishgan. 26 yoshli o‘yinchi ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida birinchi uchrashuvidayoq g‘alaba qozongan. Biroq, keyingi bosqichda mag‘lubiyatga uchragan.
“Sizga shohsupadagi ikki o‘yinchi kabi ko‘ringan ishtirokchilar aslida uch nafar edi! Bu men, mening raqibim va mening dunyomizga hali kelmagan chaqalog‘im!”, deya yozgan Xafez o‘zining Instagram'dagi postida.
U Parijdagi Grand Palais saroyida amerikalik Elizabet Tartakovskiyni 15:13 hisobida mag‘lub etib, Janubiy Koreya sportchisi Jon Xayonga 15:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Chaqalog‘im va men ham jismoniy, ham hissiy jihatdan qiyinchiliklarga duch keldik. Homiladorlik jarayoni o‘z-o‘zidan qiyin, ammo hayot va sport muvozanatini saqlash uchun kurashish qiyin emas edi, ishtirokim bunga arziydi. Men turmush o‘rtog‘im va oilamning ishonchiga sherik bo‘lib, shu darajaga yetganimdan baxtiyorman”, deya qo‘shimcha qildi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты