Parij-2024: Olimpiya o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha bellashuvlar boshlandi

Olimpiya o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha bellashuvlar boshlandi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasidan yunon-rum kurashi ustasi Islom Bahromov -60 kg vazn toifasida qochoqlar jamoasidan Jamal Valizadega qarshi gilamga chiqadi. Bellashuv soat 18:00 dan so‘ng start oladi.

Islomjon Bahromov 1995 yil 17 iyul kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 2017 yil Ozarbayjonda o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlarida kumush, Turkmanistondagi Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarining bronza medali sohibi. Osiyo o‘yinlarida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan.

2023 yil Serbiyada o‘tgan jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritib Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111604 | Инструменты