Huawei 1
Parij—2024 Paralimpiya o‘yinlarida medallar jamlanmasi bo'yicha 13-o‘rinni egallab turibdi

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqalarning so‘nggi kuni startidan avval jadvalning yuqori qismi quyidagicha ko‘rinish olgan. 

Xitoy 94 ta oltin, 73 ta kumush hamda 49 ta bronza medal bilan yetakchilik qilmoqda. Buyuk Britaniya esa 47 ta oltin, 42 ta kumush va 31 ta bronza medal bilan 2-o‘rinni band etgan. AQSH esa (36-41-25) kuchli uchlikni yakunlab bergan.

O‘zbekiston delegatsiyasi 10 oltin, 9 ta kumush hamda 7 ta bronza medal bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91907 | Инструменты