Huawei 1
Rasman: WBA Shahram G‘iyosov - Jaron Ennis jangiga buyruq berdi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempion Jaron Ennisga o‘z kamarini Shahram G‘iyosovdan himoya qilishi kerakligi borasida buyruq berdi.

WBA qoidalariga ko‘ra, Ennis 12 aprel kuni Staniosisni mag‘lub etganidan so‘ng 120 kun ichida kamarini Shahram G‘iyosovdan himoya qilishi kerak. Hamyurtimiz bu holatda ikkita kamar uchun o‘tkazadi.

Maʼlumot uchun, Jaron Ennis ayni paytda WBA va IBF kamarlari sohibi hisoblanadi. U so‘nggi jangida litvalik Eymantas Stanionisni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42317 | Инструменты