Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti va rasmiy vakillar velosaylda qatnashdi (Fotoreportaj)
Avval xabar berganimizdek, Toshkentga Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad al–Shafar boshchiligidagi delegatsiya yetib keldi. Tashrifning asosiy maqsadi - ASS va O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi o'rtasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash masalalarini ko'rib chiqish va muhokama qilish bo'lgan, deya xabar bermoqda Uzreport TV muxbiri.
Ammo, bu safar rasmiy uchrashuvlardan oldin mehmonlarni noodatiy yangilik kutayogan edi. Bugun, 15 iyun kuni O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi velosayl shaklida aksiya o'tkazdi. ASS prezidenti bilan birgalikda «Tashkent – bike city» velosaylida turli vazirlik va idoralarning rahbarlari, respublika velosiped jamoatchiligi a'zolari, sportchilar va velosportning havaskorlari ishtirok etishdi.
- O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan velosaylda ishtirok etayotganimdan xursandman. Shuning uchun men Tanzila Narbayevaga velosiped sportini bunday qo'llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ushbu yosh sportchilarga qarang, ular O'zbekistonda velosportning kelajagi. hinakam velosiped shahariga aylantirish uchun harakat qilamiz, deya rta'kidlagan Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Ahmad al–SHafar.
O'z navbatida, ushbu miqyosdagi tadbirlar hamda shahar hududida turli xil professional va havaskorlik poygalarining o'tkazilishi uni "Bike city" xalqaro maqomini olish imkoniyatiga albatta yaqinlashtiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61302 | Инструменты