Rossiyada Sud ijrochilari UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedovning 79 mln rublga (≈11,6 mlrd so‘m) teng mulkini xatladi.
Bunga sportchining Federal soliq xizmati (FSX) oldidagi 302 mln rubl (≈44,3 mlrd so‘m) miqdoridagi qarzi sabab bo‘lgan.
Sud ijrochilari tomonidan olib qo‘yilgan mulklar ro‘yxatida Nurmagomedovning Dog‘istondagi uyi, shuningdek, 6 ta qimmatbaho avtomobili: Ferrari California T, Mercedes-Benz AMG Gs, Mercedes-Benz S-Class, BMW 7, Toyota Land Cruiser va Toyota Tacoma bor.
Avvalroq, FSX Habib Nurmagomedovning soliq, penya va jarimalarni to‘lamagani uchun bank hisob raqamlarini hibsga olgan edi. Bundan tashqari, soliq xizmati sportchining bir qancha kompaniyalarini, jumladan turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi «Hikmet Travel»ni yopdi. Bunga rasmiy hujjatlardagi ishonchsiz ma’lumotlar sabab bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11515 | Инструменты