Huawei 2
Sharofiddin Amriddinov ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni bo'ldi

Ayni kunlarda yurtimizda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

102 kg vazn toifasida yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslar oʻz nihoyasiga yetdi.

Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Qudratbek Salimjonov har ikkala yosh toifasida va Sharofiddin Amriddinov yoshlar oʻrtasida himoya qildi.

Qudratbek Salimjonov oʻsmirlar oʻrtasida dast koʻtarishda 156 kg, siltab koʻtarishda 168 kg va ikkikurashda 324 kg bilan kumush medalga sazovor boʻldi. Ushbu vaznlar Qudratbek uchun yoshlar oʻrtasida ham dast koʻtarish va ikkikurashda bronza medallarini olib berdi.

Amaldagi Jahon shempioni Sharofiddin Amriddinov esa Osiyoda ham tengsiz ekanligini isbotladi.

Dast koʻtarish mashqidan birinchi urinishidayoq 159 kg bilan chempionlikni naqd qildi va keyingi urinishida ikkikurash uchun zahira yigʻdi. Siltab koʻtarishda esa asosiy raqobat Qozogʻistonlik sportchi boʻldi. Ammo yurtdoshimiz jahon chempioni qitʻada ham tengsizligini isbotladi.

Ikkikurashda esa Sharofiddin eng yaqin raqibini 12 kg ortda qoldirib 362 kg bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi

Oʻsmirlar -102kg. 

Natijalar:

1. Nikita Abdurakhmanov (Qozogʻiston) - 354 (158+196)kg,
2. Qudratbek Salimjonov (Oʻzbekiston) - 324 (156+168)kg,
3. Ismail Ali (Suriya) - 296 (135+161)kg.

Yoshlar -102kg. 

Natijalar:

1. Sharofiddin Amriddinov (Oʻzbekiston) - 362(165+197)kg,
2. Nikita Abdurakhmanov (Qozogʻiston) - 354 (158+196)kg,
3. Qudratbek Salimjonov (Oʻzbekiston) - 324 (156+168)kg.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga