Huawei 1
Shaxmat: FIDE 2024 yil yanvar oyi reytingini e’lon qildi

Samarqandda shaxmat boʻyicha blits va rapid yoʻnalishlari boʻyicha poyoniga yetgan jahon chempionati Xalqaro shaxmat federatsiyasining har oy eʼlon qilinadigan reytingidagi holatni ham bir qadar yangiladi deyish mumkin.

Har bir yoʻnalish boʻyicha jahon shaxmatida yetakchi boʻlganlar roʻyxatiga nazar tashlab, aytish lozimki mamlakatimiz shaxmatchilari munosib oʻrinlarga daʼvogarlik qilayotganligi eʼtiborli hol boʻldi.

Albatta, Samarqandda yakunlangan jahon chempionatida garchi yurtimiz shaxmatchilari yuqori oʻrinlarni egallamagan boʻlsa-da, bir qator yoshlarimizning mahorati oshganligi, musobaqalar davomida dunyo eʼtibori Oʻzbekistonga qaratilib turilganligi barchasidan ustuvor holat boʻldi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi eʼlon qilgan dunyoning eng kuchli yuztalikdan 4 nafar shaxmatchimiz oʻrin olganligi buning yorqin dalilidir.

22(24). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) — 2727.
36(35). GM Javohir Sindorov (2005) — 2701.
49(47). GM Rustam Qosimjonov (1979) — 2688.
75(78). GM Nodirbek Yoqubboyev (2002) — 2661.

Eng kuchli 20 yoshgacha shaxmatchilar yuzligidan 3 nafar vakilimiz oʻrin olgan:

3(4). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2727;
55(69). IM Muhiddin Madaminov (2006) — 2488.
20 yoshgacha boʻlgan qizlarning kuchli 100 ligidan 2 nafar shaxmatchimiz oʻrin olgan:
14(15). WFM Afroʻza Hamdamova (2009) — 2327;
79(28). WIM Umida Omonova (2006) — 2124.

Rapid yoʻnalishida 3 nafar vakilimiz kuchli yuzlikda qayd etilgan:

13(16). GM Nodirbek Abdusattorov — 2733;
51(56). GM Rustam Qosimjonov — 2648;
88(84). GM Javohir Sindorov — 2618.

Rapid yoʻnalishida xotin-qiz shaxmatchilar kuchli yuztaligida bir nafar vakilimiz joy oldi:

85. WFM Afroʻza Hamdamova — 2298.

Rapid boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar kuchli yuztaligiga 4 nafar hamyurtimiz kirgan:

1(2). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2733;
6(8). GM Javohir Sindorov (2005) — 2618;
24(61). IM Muhiddin Madaminov (2006) — 2456;
83. FM Muhammadzohid Suyarov — 2367.

Rapid boʻyicha 20 yoshgacha qizlar kuchli yuztaligidan 2 nafar hamyurtimiz joy olgan:

10(30). WFM Afroʻza Hamdamova (2009) — 2298;
11(6). WIM Umida Omonova (2006) — 2273.

Blits yoʻnalishida 3 nafar shaxmatchimiz kuchli yuzlikdan joy olgan:

46(31). GM Nodirbek Abdusattorov — 2661;
87. GM Javohir Sindorov — 2618;
93. GM Shamsiddin Vohidov — 2613.

Blits boʻyicha xotin-qiz shaxmatchilar kuchli yuztaligida 2 nafar vakilimiz bor:

71(54). WIM Umida Omonova (2006) — 2279;
87(60). WFM Afroʻza Hamdamova (2009) — 2260.
Blis yoʻnalishida 20 yoshgacha shaxmatchilar kuchli yuztaligidan 6 nafar vakilimiz joy olgan:
4(3). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) — 2661;
23(50). FM Muhammadzohid Suyarov (2009) — 2485;
25(45). IM Muhiddin Madaminov (2006) — 2479;
63. IM Olmos Rahmatullayev (2006) — 2413;
67. FM Humoyun Bekmurodov (2010) — 2405.
Blis yoʻnalishida 20 yoshgacha qizlar kuchli yuzligidan 2 nafar shaxmatchimiz oʻrin olgan:
10(7). WIM Umida Omonova (2006) — 2279;
13(8). WFM Afroʻza Hamdamova (2009) — 2260.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21306 | Инструменты