Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2024 yilning dekabr oyi uchun dunyo shaxmatchilarining yangilangan reytingini e’lon qildi.
E’tiborli jihati, yangilangan reytingda dunyo shaxmatchilarining TOP-100ʼ taligidan 5 nafar grossmeysterimiz joy oldi.
Norvegiyalik Magnus Karlsen (2831) reyting peshqadamligini saqlab qolgan bo‘lsa, birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov (2777) 6-o‘rinda qayd etildi.
Amerikalik Fabiano Karuana (2805) va Hikaru Nakamura (2802) kuchli uchlikni yakunlagan vaziyatda hindistonlik Arjun Ergaisi (2801) va Dommaradju Gukesh Nodirbek Abdusattorovdan oldingi o‘rinlarni egalladi.
TOP-100ʼ talik reytingga jami 5 nafar grossmeysterimiz kiritilgan bo‘lib, sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov (2685) 43, o‘tgan hafta poytaxtimizda yakunlangan “Prezident kubogi-2024”da 2-o‘rinni egallagan Javohir Sindorov (2682) 46, Shamsiddin Vohidov (2681) 47, Nodirbek Yoqubboyev (2668) esa 60-pog‘onani band etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120221 | Инструменты