Huawei 1
Shaxmat Olimpiadasi: Gulruhbegim Tohirjonova boshchiligidagi AQSH ayollar jamoasi 3-o‘rinni egalladi

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bahslari yakunlandi. Turnir yakunlariga ko‘ra ayollar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova boshchiligidagi AQSH ayollar jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

AQSH ayollar jamoasi 11 ta imkoniyatdan 17 ochko jamg‘ardi. Bu borada 2-o‘rin Qozog‘istonga, 1-o‘rin esa Hindiston jamoasiga nasib etdi.

AQSH jamoasi vakili 25 yoshli Gulruhbegim Tohirjonova 11 ta turdan 10 tasida raqiblarga qarshi dona surib, 3 ta partiyada raqiblaridan ustun keldi va yana 4 ta bahsda durangga imzo chekdi.

O‘zbekiston ayollar jamoasi esa 16 ochko bilan 12-o‘rinni egalladi. Musobaqa davomida Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Nilufar Yoqubboyeva va Nodira Nodirjonova mamlakat sharafini himoya qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92313 | Инструменты