Huawei 1
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan, ayollar jamoasi esa Serbiya bilan durang qayd etdi

Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat Olimpiadasining 9-turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan, ayollar jamoasi esa Serbiya bilan to‘qnash keldi.

Musobaqa peshqadami va favoriti hisoblangan hindistonlik shaxmatchilar bilan kechgan bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. Har to‘rtta taxtada tomonlar murosa yo‘lini tanladi.

Ayollar jamoasidan esa Afruza Hamdamova va Nodira Nodirjonovalarning g‘alabalari evaziga ayollar jamoasi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi va murosa yo‘lini tanladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92112 | Инструменты