Shvetsiyalik tayanib sakrashchi Armand Dyuplantis Polshadagi Olmos ligasi bosqichida 6,26 m balandlikni zabt etib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
24 yoshli shvedning yangi yutug‘i Parijdagi Olimpiadada o‘rnatilgan avvalgi rekordidan 1 sm ga yaxshiroq.
Dyuplantis o'z faoliyatida o'ninchi marta va joriy mavsumda uchinchi marta jahon rekordini yangiladi.
Shved ikki karra Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni va uch karra Yevropa chempioni.
Dyuplantis birinchi marta 2020-yilda Sergey Bubkaning rekordini yangilab, jahon rekordchisiga aylandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты