Huawei 1
The Ring yangilangan reytingni eʼlon qildi. Madrimov o‘z o‘rnida qoldi

Dunyoga mashhur The Ring jurnali oktyabr oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Super yarimo‘rta vazn toifasi reytingida professional bokschimiz, WBA yo‘nalishida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov o‘tgan oydagi singari ikkinchi o‘rinda qayd etildi.

Avstraliyalik Tim Szyuni mag‘lub etgan rossiyalik Baxram Murtazaliyev reytingga ilk bor kiritilib, 3-o‘ringa joylashtirildi. Szyuning o‘zi esa 5-o‘rindan 7-pog‘onaga tushib ketdi.

The Ring reytingi:

1. Terenc Krouford (AQSH)

2. Isroil Madrimov (O‘zbekiston)

3. Baxram Murtazaliyev (Rossiya)

4. Sebastyan Fundora (AQSH)

5. Virjil Ortis (AQSH)

6. Sergey Bogachuk (Ukraina)

7. Tim Szyu (Avstraliya)

8. Xesus Ramos (AQSH)

9. Charlz Konuyell (AQSH)

10. Brayan Mendoza (AQSH).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102320 | Инструменты