Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning oxirgi kunida ogʻir vazn toifasidagi yoshlar medallar uchun kurash olib borishdi.
Quvonarlisi, turnir yakunida hamyurtlarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.
Soʻnggi kun dasturida shohsupaga koʻtarilgan yurtdoshlarimiz:
Oltin medal:
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Mahmudjon Mahsudov
-70 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
+78 kg: Fotima Quramboyeva
Kumush medal:
-81 kg: Shahzodxoʻja Sharipov
Bronza medal:
-81 kg: Ahror Ziyodullayev
-90 kg: Alisher Samanov
+100 kg: Abdulloh Xudoyorov
-63 kg: Sarvinoz Husanova
+78 kg: Mohlaroyim Toʻxtamisheva