Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkent “Katta dubulgʻa” turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunlandi. Dunyoning 68 mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirokida kechgan musobaqada hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor boʻlishdi. Bu natija bilan dzyudochilarimiz Fransiya va Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar.
Musobaqa qahramonlarini eslab oʻtamiz:
Oltin medal:
-60 kg: Doston Roʻziyev
-100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
Kumush medal:
-52 kg: Gulhayo Joʻrayeva
Bronza medal:
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Obidxon Noʻmonov
-90 kg: Davlat Bobonov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20521 | Инструменты