Huawei 1
UFC 308 turnirining bonuslari ma’lum bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida UFC 308 turniri bo‘lib o‘tdi.

Oqshomning asosiy jangi yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, ispaniyalik Iliya Topuriya va mashhur amerikalik jangchi Maks Hollouey o‘rtasidagi bo‘lib o‘tdi. Jang Topuriyaning 3-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozonishi bilan yakunlandi.

UFC 308 turniri bonuslari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Iliya Topuriya (Maks Holloueyni nokautga uchratdi), Hamzat Chimayev (Robert Uittakerni mag‘lub etdi) va Shara Bullet (Armen Petrosyanni nokautga uchratdi) 50 ming dollardan bonus oladi.

Mateush Rebetski va Miktibek Orolboy qarama-qarshiligi esa turnirning eng yaxshi jangi deb topildi va qo‘shimcha 50 ming dollar jangchilarga bonus sifatida beriladigan bo‘ldi. Jangda Rebetski hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102720 | Инструменты