Huawei 1
UFC‘dagi o‘zbek jangchilari soni bittaga kamaydi

Xabaringiz bor, viza bilan bog‘liq muammo sabab Kauye Fernandes (9-2) Jerad Gordon (20-7, 1 NC)ga qarshi jangdan yechilgan va uning o‘rniga promoushen matchmeykerlari UFC debyutanti, hamyurtimiz Mashrabjon Ro‘ziboyev (19-4-1)ga imkoniyat taqdim etgandi. Ammo jangga uch kun qolganda taklifga rozi bo‘lgan aralash yakkakurash ustamiz tarozida belgilangan vazn meʼyorini qila olmagandi.  

Afsuski, UFC Mashrabjon Ro‘ziboyevga ikkinchi imkoniyatni hozircha bermaslikka qarori qildi va uni tashkilot rosteridan chiqardi. Hech qanday tayyorgarliksiz sportchiga uch kun qolganda jang berib, vazn qila olmasa, shartnomani bekor qilish juda g‘alati holat. Promoushenda nafaqat vazn qila olmay, balki ketma-ket mag‘lubiyatli seriyalar bilan urishib yurganlar qancha.  

Maʼlumot uchun, 28 yoshli Mashrabjon Ro‘ziboyev Nursulton Ro‘ziboyev (3-1, UFC)ning ukasi hisoblanadi. 2019 yilda u Naiza promoushenida bitta, 2021 yilda Octagon ligasida ham bitta jang o‘tkazdi. Ayni paytda 7 ta g‘alabali seriya bilan kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22619 | Инструменты