Huawei 1
UFC yarim yillik yakunlari bo‘yicha eng yaxshi jangchilarni e’lon qildi

UFC promouterligi 2024-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha liganing eng yaxshi 5 nafar jangchisi nomini e’lon qildi. UFC matbuot xizmati ushbu ro‘yxatni tashkilotning rasmiy saytida joylashtirdi.

Joriy yilning birinchi yarmidagi UFC’ning eng yaxshi 5 ta jangchisi:

1. Aleks Pereyra (11-2).

2. Iliya Topuriya (15-0).

3. Robert Uittaker (27-7).

4. Islam Maxachev (26-1).

5. Maks Xollouey (26-7).

Eslatib o‘tamiz, Aleks Pereyra UFC 300 va UFC 303 turnirlarida ishtirok etgan. Har ikkala musobaqada ham u oqshomning asosiy janglarida qatnashgan va har ikkisida g‘alaba qozongan. UFC 300 musobaqasida braziliyalik sportchi yarim og‘ir vazn toifasida sobiq chempion amerikalik Jamol Xillni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. UFC 303 musobaqasida esa Aleks mashhur chexiyalik jangchi Irjchi Proxazkani ikkinchi raundda nokautga uchratdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100614 | Инструменты