Huawei 1
Usik va Fyuri revansh jangi oldidan face to face marosimida to‘qnash kelishdi

Superog‘ir vaznda uchta asosiy yo‘nalish chempioni ukrainalik Aleksandr Usik hamda britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Kecha bokschilar face to face marosimida yuzma-yuz kelishdi va har doimgidek Fyuri o‘z hazili bilan barchaga tabassum ulashdi.

Bu bokschilar o‘rtasida kechgan ilk jang 18 may kuni aynan Ar-Riyodda o‘tkazilib, unda ukrainalik bokschi ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan hamda multaq jahon chempioniga aylangan edi. To‘qqizinchi raundda Usik raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ygandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102416 | Инструменты