Huawei 1
Ukraina sobiq prezidentining o‘g‘li Rossiya fuqaroligini oldi

Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning o‘g‘li Aleksandr Rossiya fuqaroligini oldi. Bu haqda davlat reyestri ma’lumotlari va hujjatlarga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Aleksandr Yanukovich Ukrainani 2014-yilda tark etgan. U Ukraina, Yevropa ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Rossiyada Aleksandr tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda. Uning moliya-sanoat guruhlarini boshqarish bo‘yicha “MAKO xolding” kompaniyasi Rossiya yurisdiksiyasida 10 yil oldin ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Aleksandr Yanukovich — “Yevromaydon” oqibatida hokimiyatni yo‘qotgan va Rossiyaga qochib ketgan Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning to‘ng‘ich o‘g‘lidir. Kenja o‘g‘li Viktor esa 2015-yilda Baykal ko‘lida muz poygasi paytida halok bo‘lgan.

Aleksandr Ukrainada ham biznes bilan ham shug‘ullangan. Uni otasining aktivlari egasi deb atashgan; 2013-yilda uning boyligi 500 million dollarga baholangan. 2014-yilda Ukraina Xavfsizlik xizmati Aleksandr Yanukovichni mansab soxtakorligi va hujjatlarni qalbakilashtirish ishi bo‘yicha qidiruvga bergan. O‘sha paytda u Ukraina ko‘mirini eksport qiluvchi “MAKO-Treyding” kompaniyasiga egalik qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102418 | Инструменты