Huawei 1
UZREPORT TV Floyd Meyvezer – Konor MakGregor jangini jonli efirda namoyish etadi

26 avgustdan 27 avgustga o'tar kechasi Las Vegas shahrida butun jahon sport olamini larzaga solayotgan voqea ro'y beradi. Professional boks tarixidagi eng kuchli jangchilardan biri, o'z zamonasining birinchi raqami va yengilmas chempioni hisoblangan Floyd Meyvezer katta ringga qaytmoqda. Unga qarshi aralash jang uslublari qiroli, UFC tarixidagi yagona ikki vazn toifasi chempioni, bugungi kun sport olami asosiy yulduzlaridan biri Konor MakGrekor ringga chiqadi.

Davron Fayziyev (UZREPORT TV): - “Jang to'liq professsional boks qoidalari bo'yicha o'tkaziladi va 12 raund o'tkazilishi belgilangan. Hozirning o'zida bu to'qnashuv barcha rekordlarni zabt etmoqda. Ya'ni, nafaqat jang, balki uning oldidan o'tkaziladigan matbuot anjumanlari, mashg'ulotlarning onlayn translyatsiyalari, bokschilarning gonorarlari, telekanallar tomonidan xarid qilinadigan translyatsiyalar, chipta narxlari, bularning hammasi rekord natijalarni keltirib chiqarmoqda. Bu qiziqish ularning mashhurlik bo'yicha hozirgi kunda yakkakurashlarda tengi yo'q ekanligi bilan bog'liq”.

O'zbekistonlik sport muhlislari ham bu voqeani intizorlik bilan kutayotganini telekanalimizga kelib tushayotgan ko'plab murojatlardan bilib olish mumkin. Teleomoshabinlarimizning ana shu istaklarini inobatga olgan holda UZREPORT TV telekanali Floyd Meyvezer – Konor MakGregor jangi o'rin olgan boks kechasini litsenzion translyatsiya huquqini qo'lga kiritdi. Amerika Qo'shma Shtatlarida 26 avgust kuni tunda, bizning vaqtimiz bilan 27 avgust kuni 8:30 dan boshlab super-jangning translyatsiyasini UZREPORT TV telekanalida tomosha qiling.

Translyatsiyaning bosh hamkori - UMS aloqa operatori.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga