Huawei 1
Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida 3 ta oltin va 5 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi

Malayziyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda sportchilarimiz yuqori natijalarni qayd etib, 3 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Hamyurtimiz Samira Ismoilova mazkur musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylandi. Ismoilova turnir davomida 2 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdan tashqari, yakkalik taʼqib poygasi dasturidagi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va jahon rekordini o‘rnatdi. Sportchimiz 3 000 metr masofani 3:46.800 daqiqada bosib o‘tdi.

G‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:

- Kattalar: Dmitriy Bocharov, skretch

- Yoshlar: Samira Ismoilova, omnium

- Yoshlar: Samira Ismoilova, yakkalik taʼqib poygasi (Osiyo va jahon rekordi)

Bronza medal:

- Yoshlar: Samira Ismoilova, ochkolar uchun guruh poygasi

- Yoshlar: Samira Ismoilova va Nadejda Barteneva, juftlik medison

- Kattalar: Asal Rizayeva va Nafosat Qoziyeva, juftlik medison

- Kattalar: Nafosat Qoziyeva, omnium

- Kattalar: Nafosat Qoziyeva, ochkolar uchun guruh poygasi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90723 | Инструменты