“Katta Dubulg‘a”ning 20 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, shveysariyalik Rojer Federer XXI asrning eng yaxshi tennischisi deb topildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Nashr talqiniga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda “Katta dubulg‘a” turnirlarining 24 karra g‘olibi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich qayd etilgan. Kuchli uchlikni 22 karra “Katta dubulg‘a” g‘olibi, ispaniyalik tennischi Rafael Nadal yakunladi.
Reytingni tuzishda nashrning butun dunyo bo‘ylab bo‘limlari o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi, keyin esa ma’lum sport yulduzlari uchun 70 mingga yaqin ovoz to‘plandi.
Federer 2022 yil sentyabr oyida Londonda bo‘lib o‘tgan Leyver kubogida qatnashganidan so‘ng sportni tark etdi. Rojer “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqada 22 karra chempion, jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Rafael Nadal bilan juftlik bahslarida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Shveysariyalik tennischi faoliyati yakunida ba’zan ko‘rgazmali o‘yinlarda kortga chiqishini inkor etmadi, biroq u to‘liq sportga qaytmasligini, bundan tashqari “Katta dubulg‘a” turnirlariga ham ishtirok etmasligini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты