Yangilangan WBA reytingidan 8 bokschimiz joy oldi, 3 nafari vazn peshqadami

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) iyun oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Ushbu reytingdan 8 bokschimiz o‘rin olgan bo‘lib, ularning 3 nafari o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallab turibdi. Isroil Madrimov esa super yarimo‘rta vazn chempioni hisoblanadi.

Reytingdagi bokschilarimiz:

Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda 1-o‘rin;)

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) - 10-o‘rin (o‘tgan oyda ham 10-o‘rin);

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 5-o‘rin (o‘tgan oyda 4-o‘rin edi;)

Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 13-o‘rin (o‘tgan oy 10-o‘rinda edi);

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - vazn chempioni;

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 5-o‘rin (o‘tgan oy 4-o‘rinda edi).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70808 | Инструменты