Huawei 1
Yengil atletika: O‘zbekiston rekordini 38 yildan so'ng Anvar Anvarov yangiladi

Shveysariyaning Jeneva shahrida yengil atletika bo‘yicha tashkil etilgan “Atletica Geneve – EAP” turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov munosib natijaga erishdi.

Hamyurtimiz turnirning uzunlikka sakrash dasturida yangi O‘zbekiston rekordini qayd etdi. Aytish lozim, mazkur rekord 1985-yildan beri o‘zgarmay kelayotgandi. Anvarov esa ushbu to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasi taqvimidan o‘rin olgan “bronza” darajasidagi ushbu musobaqada Anvarov 8.22 metr natijaga erishdi. Ushbu ko‘rsatkich Buxoro sport maktabi tarbiyalanuvchisi Anvarovga musobaqaning oltin medalini tuhfa qildi.  

O‘z navbatida ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Kuba hamda Gonkong terma jamoasi a’zolariga nasib qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12014 | Инструменты