Saudiya Arabistonining Dammam shahrida yengil atletika boʻyicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu bilan yoshlarimiz ilk bor qit’a chempionatida ikkinchi natijani qayd etishdi.
Musobaqaning soʻnggi kunida quyidagi medallar qoʻlga kiritildi:
Oltin medal:
Jahongir Joʻraboyev (oʻnkurash)
Kumush medal:
Timur Nasimov (3 000 metr)
Bronza medal:
Ruslan Sadullayev (nayza uloqtirish)
Asilbek Toʻxtamurodov (3 000 metr).
Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты