Qatarda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kuni ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli oʻtdi.
Oʻsmirlar oʻrtasida +102 kg vazn toifasida qatnashgan Omadillo Olimov dast koʻtarishda 156 kg, siltab koʻtarishda 205 kg va umumiy hisobda 361 kg natija bilan mutlaq chempionlikka erishdi va 3 ta oltin medalga sazovor boʻldi. Yoshlar toifasida ham oʻz omadini sinab koʻrgan polvonimiz ushbu natija bilan yana 3 ta bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻydi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalari mazkur qitʼa birinchiligida 17 tadan oltin va kumush, 10 ta bronza, jami 44 ta medalga sazovor boʻldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122623 | Инструменты