Huawei 1
26-dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi

Sayyohlik almashinuvlarini rag‘batlantirish maqsadida davlatimiz rahbari YOII davlatlari fuqarolariga O‘zbekistonga ichki hujjatlar bilan kirish imkonini beruvchi tartibni joriy etishga tayyorligini bildirdi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritildi

Qonunga ko'ra, qo'shimcha manbalardan daromad oluvchi byudjet tashkilotlari uchun belgilangan soliq stavkalarining amal qilishini 2027-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilmoqda.

Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi

Oliy Majlis palatalari kengashlarining 2022-yil 15-iyuldagi qo‘shma qarori bilan Ombudsman F.Eshmatova boshchiligida 14 nafar deputatlar, senatorlar, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillaridan tashkil topgan Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning axboroti Parlament palatalari kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Toshkent-Samarqand tezyurar temir yo‘lining TIAni ishlab chiqish boshlandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Koreyaning “Saman” kompaniyasi bilan jarayonni tezlashtirish maqsadida ishchi guruh tuzishga kelishdi.

Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Hujjatga ko‘ra, Bosh rejaning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilovchi xaritalar Qurilish va uy-joy xo‘jaligi vazirligining Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida ochiq maʼlumot sifatida joylashtiriladi.

Bozorlarda narxlarning asossiz oshirilishi yuzasidan monitoring o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda dehqon bozorlari va savdo majmualarida “narxlarning asossiz oshirilishi” yuzasidan monitoring o‘tkazilmoqda.

“Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” — Ozodbek Nazarbekov

Ozodbek Nazarbekov madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida jinoiy guruh faoliyati tugatilib, neft mahsulotlari kontrabandasi yo‘lga qo‘yilgan tunnel yo‘q qilindi.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantiriladi

2025-yil 1-yanvardan, budjet tizimining byudjetlari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari bo'yicha o'tkazilgan davlat xaridlariga asosan qurilish muddati uch oydan kam bo'lgan obyektlarga birinchi oyda obyekt qiymatining 30 foizi miqdorida avans mablag'lari ajratiladi, keyingi to'lovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.

Bekzod Mamatqulov O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib saylandi

Toshkentda O‘zbekiston futzal federatsiyasining taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122711 | Инструменты