Android telefonlarni "o'ldiradigan" surat paydo bo‘ldi. Uning siri nimada?

So'nggi kunlarda android operatsion tizimda ishlaydigan telefonlarni "o'ldiradigan", ya'ni butunlay ishdan chiqaradigan surat paydo bo'lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo'ldi. 

Tog'lar orasidagi ko'l, ko'lning o'rtasidagi kichik quruqlik aks etgan, quyosh botayotgan payt tasvirlangan bu oddiy suratni telefonga oboy sifatida o'rnatgan android telefonlar egalari ilojsiz vaziyatda qolishmoqda. 

Ularning telefonlari butunlay ishdan chiqib, "g'isht"ga aylanib qolyapti. Bunday holatda, faqatgina telefon sozlamalarini zavoddagi holatga qaytarishdan so'ng telefondan foydalanish mumkin. Lekin bunda telefon xotirasidagi barcha fayllar, foto va videolar tiklab bo'lmas darajada o'chib ketadi.

Xo'sh, bu oddiy rasmning siri nimada? Mutaxassislarning ma'lum qilishicha, android platformasi sRGB ranglar olamini qo'llab-quvvatlaydi. Yuqoridagi "sirli" rasm esa, RGB ranglar olamiga taalluqli. 

Bu shuni anglatadiki, muammo rasmning o'zida emas. Telefonga oboy sifatida o'rnatgandan keyin muammo paydo qiluvchi boshqa rasmlar ham internetda to'lib yotibdi. 

Ammo Android 11 operatsion tizimi o'rnatilgan qurilma egalarini bu muammo bezovta qilmaydi. Bu tizimda ranglar olami avtomatik ravishda o'zgarib, qurilmaga moslashadi.

Izohlar: 8
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Mirjalol
    0
    Mirjalol 5 yil avval

    Qaydan.osa boladi bu radmi

  • Baxrom
    0
    Baxrom 5 yil avval

    Hech nima boʻlmadi redmi5+

  • Husniddin
    2
    Husniddin 5 yil avval

    Ha sinab kõrdim õchib qolaverdi. Hard reset qildim 90GB malumot õchdi Samsung galaxy A70

  • suxrob
    0
    suxrob 5 yil avval

    Hech narsa bomadiyu

    • davrik
      0
      davrik 5 yil avval

      Menda ham

  • Davik_pro
    0
    Davik_pro 5 yil avval

    Bo'mapti


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52816 | Инструменты