Huawei 2
Apple Mac kompyuterlari uchun Intel chiplaridan voz kechmoqda

Apple kompaniyasi dushanba kuni Mac kompyuterlarini yaratishda endilikda o'z protsessorlaridan foydalanishi haqida xabar berdi. Yangi protsessorlar bilan jihozlangan kompyuterlar joriy yildan boshlab yetkazib beriladi.

iPhone ishlab chiqaruvchi kompaniya shu tariqa Intel Corp bilan deyarli 15 yillik hamkorlikni yakunlashga qaror qildi.

Apple rahbari Tim Kuk bu harakat kompaniya uchun yangi davrning boshlanishini belgilashini aytdi.

Mac kompyuterlari endilikda iPhone va iPad bilan birga bir qatorda turadi, ushbu uskunalar allaqachon Apple protsessorlaridan foydalanadi. Kukning so'zlariga ko'ra, yangi protsessorlarga o’tish jarayoni taxminan ikki yil vaqt talab etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga