Apple kompaniyasi aqlli soatlarning mutlaqo yangi modeli ustida ishlamoqda. Bu haqda MacWorld xabar bermoqda.
Xabarga ko'ra, tahlilchi va insayder Jeff Pu Apple kompaniyasi Watchning mutlaqo yangi modelini ishlab chiqayotganini ma’lum qilgan. Bu mikro-LED displeyli soat bo'lib, uning 2,1 dyuymli diagonali Apple uchun rekord bo’ladi. Eslatib o’tamiz hozirda Apple Watch Ultra’ning eng katta displeyi 1,92 dyuymli o’lchamga ega.
Tahlilchining ta’kidlashicha, micro-LED texnologiyasi tufayli yangi soatning displeyi yorqinligi bo’yicha barcha mavjud Apple Watch soatlaridan o'zib ketadi.
Yangi Apple Watch 2.1 seriyadagi mutlaqo yangi model bo’ladimi yoki xabarlar Ultra’ning ikkinchi avlodi haqida ketyaptimi, hozircha noma’lum. Faqatgina ikkita fakt haqida ma’lumotlar bor: Apple Watch Ultra’ning yangilanish davri ikki yilni tashkil qiladi va mikro-LED li yangi soat 2024-yilda chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Apple 2023-yilda qanday gadjetlarini namoyish etishi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112413 | Инструменты