Huawei 1
Hindiston kompaniyasi O'zbekistonda sun'iy intellektga asoslangan birinchi yirik ma'lumotlar markazini barpo etadi

Hindistonning "Larsen & Toubro" (L&T) kompaniyasi O'zbekistonda sun'iy intellektni qo'llab-quvvatlovchi va quvvati 10 megavattga teng bo'lgan birinchi barqaror ma'lumotlarni qayta ishlash markazini qurish loyihasini amalga oshiradi.

Toshkent shahrida hayotga tadbiq etiladigan loyiha yangi avlod sun'iy intellekt ilovalarini qo'llab-quvvatlash, atrof-muhitga ta'sirni minimallashtirish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida ilg'or imkoniyatlar bilan jihozlangan zamonaviy obyektni loyihalash, texnologiyalar xarid qilish va qurilish ishlarini bajarishni o'z ichiga oladi.

"Larsen & Toubro" muhandislik kompaniyasi tomonidan tarqatilgan xabarda mazkur loyiha "muhim" buyurtma deb atalgan.

Ma'lumotlar markazi ilg'or xavfsizlik texnologiyalaridan foydalangan holda konfidensial ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha mustahkam tizimlar bilan jihozlanadi, deyiladi kompaniya bayonotida.

Loyiha mintaqadagi ma'lumotlar markazlari infratuzilmasi uchun yangi standartlarni joriy qiladi, ilg'or texnologiyalarni barqarorlikka bo'lgan qat'iy intilish bilan uyg'unlashtiradi.

"Larsen & Toubro" Hindistonning qiymati 27 milliard AQSh dollariga teng transmilliy kompaniyasi bo'lib, dunyoning turli mintaqalarida faoliyat yuritadi, EPC-loyihalar (muhandislik, xarid qilish va qurilish ishlari), yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va xizmatlar bilan shug'ullanadi.

Mavzuga oid:

O'zbekiston Malayziya bilan sun’iy intellekt va katta hajmli ma’lumotlar boshqaruvi sohasida mutaxassislar tayyorlash bo'yicha hamkorlik o'rnatadi

Sun’iy intellekt ko‘krak bezi saratonini an’anaviy skriningdan ko'ra yaxshiroq aniqlay oldi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33108 | Инструменты