“Maymunlar sayyorasi”, yohud makakalar ham endilikda kompyuter o’ynaydi
Milliarder tardbirkor Ilon Mask tomonidan yaratilgan, Neyralink nomini olgan sun’iy ong yordamida makaka maymuni kompyuter o’yinlari o’ynashni o’rganib oldi. Tadbirkor tomonidan e’lon qilingan lavhalarda jonvorning miyasiga o’rnatilgan implant uning nimalarga qodir ekanligini ko’rsatgan.
Tadbirkor maymun miyasining ikki tomoniga maxsus chiplarni o’rnatdi va uning qo’liga joystik berib qo’ydi.
Ta’kidlanishicha, Neyralinkga o’rnatilgan dastur 2000dan ortiq elektrodlar yordamida maymunning qo’llarini harakatga keltiradi.
2016 yilda Ilon Mask tomonidan yaratilgan kompaniyaning chiplari kelajakda Alsgeymer, dementia, paralich kabi kasalliklarning oldini olishni o’z oldiga maqsad qilgan.
Chip o’rnatilgan jonvor, ya’ni cho’chqa birinchi marta o’tgan yilining avgust oyida ommaga namoyish qilindi.
Ilon Mask tomonidan yaratilgan innovatsiyalar shu kungacha ham osmonda, ham yer ostida muvaffaqiyatga erishganini inobatga olsak, bu boradagi tadqiqotlar ham yaqin kelajakda o’z mevasini berishi mumkin deb tahmin qilishimiz mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13100 | Инструменты