Huawei 1
Telegramda shaxsni tekshirish uchun noodatiy funksiya joriy etiladi

“TON Sociyety” (Telegram Open Network blokcheyn ishlab chiquvchilar hamjamiyati) “HumanCode” kompaniyasi bilan birgalikda shaxsiy identifikatsiyalashning inqilobiy texnologiyasini joriy qilmoqda.

Telegram foydalanuvchilari kaftini oddiy skanerlash orqali oʻz shaxsini tasdiqlashi mumkin boʻladi.

Ushbu tashabbusning bir qismi sifatida “TON Sociyety” dasturda ishtirok etishni istagan foydalanuvchilar uchun mukofot sifatida 1 mln. “Toncoin” (taxminan 6,5 mln. AQSH dollar) taqdim etadi.

Loyihaning maqsadi – kelgusi 5-yil ichida 500 mln. Telegram foydalanuvchisini xavfsiz raqamli identifikator bilan taʼminlash. Ushbu texnologiya “airdrops” yoki tranzaksiya tahlili kabi identifikatsiyani tekshirish bilan bogʻliq operatsiyalar uchun foydali boʻladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga