Huawei 1
Xiaomi o'z smartfonlarida iPhone 14 Pro singari “dinamik orol” paydo bo'lishiga ishora qildi

Foydalanuvchilar iPhone 14 Pro dizaynini kinoya bilan qabul qilishdi, ammo smartfon ishlab chiqaruvchilari allaqachon yangi trendga e'tibor berishmoqda. Yaqinda Redmi brendi rahbari Lyu Veybin ijtimoiy tarmoqda so‘rovnoma e’lon qilib, o’zining smartfonlarida yaqin orada xuddi shunday funksiya paydo bo‘lishiga ishora qildi.

Top-menejer foydalanuvchilardan bo‘lajak Redmi 60 flagmanida “dinamik orol” (dynamic island) bo‘lishini xohlaysizmi, deb so‘radi. Qoidaga ko‘ra, kompaniya bunday ishlarni PR uchun qiladi. Katta ehtimol bilan bu qaror allaqachon qabul qilingan va kompaniya rahbari shunchaki xaridorlarni shu yo’l bilan innovatsiyalarga tayyorlamoqda.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, Redmi K60 seriyali smartfonlar 2023-yilning birinchi choragida taqdim etiladi. Flagman smartfoni Snapdragon 8 Gen2 protsessoriga ega bo’ladi. Taqdimotning aniq sanasi va ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotlarning narxi hali e'lon qilinmagan.

Avvalroq iPhone 14’ning birinchi egalari dahshatli muammo haqida shikoyat qilayotganlari haqida va Tailandda odamlar iPhone 14 Pro uchun buyraklarini sotayotganliklari haqida xabarb bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102305 | Инструменты