Xitoyda Huawei kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegasiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif davomida “Huawei Technologies Co. LTD” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston telekommunikasiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishda hamkorlik holati, uni yangi bosqichlarga olib chiqish va birgalikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan yangi loyihalar muhokamasiga e’tibor qaratildi.

Muzokara boshida O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish hamda IT-xizmatlar eksporti va hajmini keskin oshirish uchun mamlakatimizda yaratilgan sharoitlar hamda taqdim etilayotgan imtiyozlar kutilayotgan kelgusi rejalari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты