Xalqaro kitob sovgʻa qilish kuni zamonaviy va ancha yosh bayramdir. Ushbu sana g'oyasi 2012-yilda ingliz yozuvchisi, ikki farzandning onasi Emma Perri tomonidan ta'sis etilgan. U Xalqaro kunning tashkilotchisi va koordinatori bo'ldi.
Emma Perri butun hayotini, bolalar adabiyotini ommalashtirishga bag'ishladi. Kitob yozishdan tashqari, Emma o'zining tematik veb-saytini yuritadi, u yerda u bilan bog'langan barcha ota-onalar bilan muloqot qiladi va maslahat beradi. Perrining tashabbusi nafaqat Angliyadagi tanish ota-onalar va o'qituvchilar, balki butun dunyo bo'ylab yozuvchilar, noshirlar, madaniy va xayriya tashkilotlari vakillari orasida ham qo'llab-quvvatlandi.
Ha, aynan shu kuni ko'pchilik davlatlarda sevishganlar bir-biriga qimmatbaho sovg'a va gullar sovg'a qilishayotganda, ba'zi davlatlarda odamlar bir-biriga kitob hadya etishadi.
Ushbu kun 44 mamlakatda, jumladan, Ukraina, Chexiya, Kipr, Kanada, Avstraliya, Daniya Serbiya, Gresiya kabi davlatlarda kitob tuhfa etish kuni sifatida nishonlanadi.
Sharqda esa ushbu kun Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomi sifatida nishonlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21318 | Инструменты