17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni: bu kunning tarixi qanday?

17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni

Bugungi kunda O'zbekistonda 154 ta oliy ta’lim muassasalari mavjud bo'lib, unda 808 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda. Bu haqda Statistika qo'mitasi xabar bermoqda

Unga ko'ra, 2021/22-o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar soni 808,4 mingtani tashkil etgan.

Shundan:

- Talaba yigitlar – 439,4 ming nafar;

- Talaba qizlar – 369 ming nafar. 

Bu kunning tarixi qanday? 

Har yili Xalqaro talabalar kuni (International Students‘ Day) 17-noyabr kuni nishonlanadi. Ushbu kun 1941-yili Londonda fashizmga qarshi kurashayotgan talabalarning uchrashuvi vaqtida joriy qilingan, biroq ushbu bayram bir necha yildan so‘ng yaʼni 1946-yildan buyon keng nishonlanishni boshlangan. Bayram chexiyalik vatanparvar studentlarning xotirasiga bag‘ishlanib joriy qilingan.

1946-yil 17-noyabr kuni Praga shahrida butun dunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojiali voqealarga bog‘liq. 1939-yil 28-oktyabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o‘qituvchilari Chexoslavakiya davlatining taʼlim bayramini(1918-yil 28-oktyabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar.Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to‘polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o‘ldirilgan.

1939-yil 15-noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. 17-noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o‘rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar. 9 ta talaba harakatning faollari sifatida Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o‘ldirilgan.

Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o‘quv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o‘tkazish belgilandi. Hozirgi kunga kelib, dunyoning ko‘pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.

Ushbu kun munosabati bilan UzReport axborot agentligi yurtimizdagi barcha talabalarni tabriklaydi. O'qish va ishlaringizga omad, qadrli talabalar! 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты