2023-yil uchun dunyoning eng boy shaharlari e'lon qilindi

Henley & Partners kompaniyasi New World Wealth tahliliy kompaniyasi bilan birgalikda “Dunyoning eng boy shaharlari 2023” hisobotini taqdim etdi. Ro’yxatda shaharlar ularda yashovchi millionerlar soni bo’yicha saralangan. Unda Amerika va Xitoy shaharlari yetakchilik qilmoqda, Top-10 likdagi yagona Yevropa shahri London bo’ldi.

Nyu-York 340 ming nafar millioner bilan dunyodagi eng boy shahar mavqeini saqlab qoldi. Amerikaning boshqa shaharlari - San-Fransisko (285 ming) va Los-Anjeles (205,4 ming) - mos ravishda 3 va 6-o'rinlarni egalladi.

10 yil avval ro’yxatda birinchi o’rinni egallagan Tokio 290,3 ming nafar millioner bilan 2-o’rindan joy oldi. 4-o’rinni London (258 ming), 5-o’rinni Singapur (240,1 ming) shahri egalladi.

Top-10 talikning o’ninchi o’rinida Sidney (126,9 ming) joylashgan. Sidney so’nggi 20 yil ichida badavlat odamlarning kuchli oqimini kuzatdi. Bu shahar 2040-yilga kelib dunyoning eng boy besh shaharlaridan biri bo’lishi kutilmoqda.

Reytingning yettinchi, sakkizinchi va to’qqizinchi o’rinlarini Xitoy shaharlari – Gonkong (129,5 ming), Pekin (128,2 ming) va Shanxay (127,2 ming) egalladi. Pekin va Shanxay so’nggi o’n yillikda birinchi marta kuchli o’ntalikka kirdi, Gonkong esa aksincha, 4-o’rindan (2012-yilda) 7-o’ringa tushib ketdi.

Henley & Partners bosh direktori Yorg Steffenning ta'kidlashicha, dunyodagi eng boy 10 ta shahardan 7 tasi rasmiy investitsiya migratsiya dasturlari mavjud mamlakatlarda joylashgan bo'lib, hukumatlar yashash uchun ruxsatnoma yoki fuqarolik evaziga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni rag'batlantiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40514 | Инструменты