Huawei 1
2025-yilda kutilayotgan eng xavfli yuqumli kasalliklar ma'lum qilindi

Xalqaro olimlar guruhi parranda grippi virusi (H5N1)ning yangi shtammidan ogohlantirishmoqda, deb yozdi The Conversation.

Yangi shtamm 2025-yilda eng xavfli yuqumli kasalliklardan biriga aylanishi mumkin. Ayniqsa, mutatsiya yuz bersa, virusning odamdan odamga yuquvchanligi oshib ketadi.

Shuningdek, kuzatuvchilarni eng ko‘p tashvishga solayotgan yuqumli kasalliklardan bezgak, OIV (VICh) va sil (tuberkulyoz) sanab o‘tilgan. Har yili bu xastaliklar ikki millionga yaqin insonning umriga zomin bo‘lmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10115 | Инструменты