Afg'onistonda 122 kishi suv toshqinlari oqibatida halok bo'ldi

Afg'onistonning sharqiy 12ta viloyatida kelib chiqqan suv toshqinlari oibatida 122 kishi halok bo’ldi, kamida 147 kishi  jarohatlandi, shuningdek bedarak yo’qolganlar ham bor, deya xabar berdi davlat tabiiy ofatlarga qarshi kurash va insonparvarlik masalalari bo’yicha vazirlik juma kuni.

Eng ko’p talofat ko’rgan hudud Parvan provinsiyasi bo’ldi. Bu yerda 85 kishi vafot etdi, 110 kishi jaroxatlandi.

Suv toshqinlari to’xtagach yo’llar qalin loy bilan qoplandi.

Mahalliy axoli ko’chalarni loydan tozalashga harakat qilmoqda.

Tabiiy ofatlarga qarshi Davlat vazirligining statistikasiga ko'ra, halokatli suv toshqinlari 1,500 ta uyni va 1100 gektar qishloq xo'jaligi yerlarini vayron qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50510 | Инструменты