Alisher Usmonov Sardiniyaga COVID-19 bilan kurashishga yordam berish uchun  500 000 yevro xayriya qildi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurashish uchun Sardiniya hukumatiga 500 ming evro xayriya qildi.

“Mening ushbu kamtarona hissam - bu pandemiya ta'sirida jabr ko’rganlar va Sardiniyada fidokorona kurashayotganlar uchun qila oladigan eng kam ishimdir”, - deydi Alisher Usmonovning o’zi.

Alisher Usmonov o'z mablag'larini Sardiniya aholisining "sog'lig'i va hayotini himoya qilish" dasturlariga yo’naltirishni so'ragan.

COVID-19 ning birinchi to'lqini paytida ham Usmonov Sardiniyaga xayriya qilgan, ammo xayriya hajmi noma'lum.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51915 | Инструменты