Huawei 1
Apple bosh direktori Xitoyga sarmoya kiritishni oshirishga va’da berdi

“Apple bosh ijrochi direktori Tim Kuk Pekinga safari chog‘ida Xitoyga sarmoya kiritishni ko‘paytirishga va’da berdi”, deb xabar beradi Sinxua.

Kuk bu yil Xitoyga ikkinchi safari chog‘ida mamlakat sanoat va axborot texnologiyalari vaziri Szin Chjuanlun bilan uchrashib, Apple kompaniyasining mamlakatdagi rivojlanishi, onlayn maʼlumotlar xavfsizligini boshqarish va “bulutli” xizmatlar kabi mavzularni muhokama qildi.

Apple bosh direktorining aytishicha, kompaniya Xitoyning ochiqligi taqdim etgan imkoniyatlardan foydalanishga intiladi va mamlakatga sarmoya kiritishda davom etadi. Shu orqali ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlarining yuqori sifatli rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Kuk China Mobile rahbari Yang Ji bilan ham uchrashdi. “Ikki tomon 5G ilovalari, musiqa va VR video sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, raqamli kontent kabi sohalarda mavjud hamkorlik dasturlariga asoslanish yuzasidan fikr almashdi”, deyiladi Xitoy telekommunikatsiya kompaniyasi bayonotida.

Bundan tashqari, Apple rahbari Pekindagi talabalar bilan uchrashib, ular kompaniya qurilmalaridan mamlakatda qishloq taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun qanday foydalanayotgani bilan tanishdi.

“Men ko‘rgan loyihalarning barchasi ajoyib. Bugun uchrashgan talabalar qishloq joylarida o‘zlarining ishlab chiqarishlarini ko‘paytirishga yordam berish uchun texnologiyadan qanday foydalanishlari meni hayratda qoldirdi”, dedi Kuk.

Shuningdek, u Pekin markazidagi Apple chakana savdo do‘koniga tashrif buyurdi va Xitoyning Gala Sports o‘yin kompaniyasi dasturchilari bilan uchrashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102514 | Инструменты