Huawei 1
HAMAS harakati o‘t ochishni to‘xtatishga roziligini e’lon qildi

Falastinning HAMAS harakati Isroil G‘azo sektoriga o‘t ochishni to‘xtatsa, jangni tugatishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda harakatning yuqori martabali a’zosiga tayanib, Barron’s xabar berdi.

HAMAS delegatsiyasi Qohirada Misr amaldorlari bilan muzokara olib borgan. Ular G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga aloqador “g‘oya va takliflar”ni muhokama qilgan. HAMAS jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan, biroq Isroil quyidagi shartlarni bajarishi shart:

  • o‘t ochishni to‘xtatish majburiyatini olish;
  • G‘azo sektoridan chiqib ketish;
  • ko‘chirilgan shaxslarning qaytishiga ruxsat berish;
  • asirlar almashish bo‘yicha jiddiy kelishuvga rozi bo‘lish;
  • G‘azoga gumanitar yordam kirishiga imkon yaratish.

Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Taniy Misr va HAMAS G‘azo sektorining kelajagi bo‘yicha muzokaralar olib borganini tasdiqlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102516 | Инструменты