Huawei 1
Abduqodir Husanov Yevropa top-5 chempionatlarida 20 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi himoyachi deb topildi

Mashhur Datamb.football portali joriy mavsumdagi eng yaxshi yosh himoyachilarning ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Yevropaning yetakchi chempionatlarida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida himoyaviy harakatlari bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Abduqodir Husanovda bo‘lib turibdi.

“Lans” futbolchisi 93 ball bilan yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni esa “Monako” himoyachisi Lamin Kamara (70 ball) egallab turibdi, kuchli uchlikni esa “Valensiya” a’zosi Kristian Moskera (68 ball) yakunlab bergan.

Himoyaviy harakatlar bo‘yicha Yevropaning top-5 chempionatlarida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilarning reytingi:Husanov joriy mavsum “Lans” safida barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102516 | Инструменты