Huawei 1
AQSh "Eron tajovuzkorligi" sharoitida Isroilni qo'llab-quvvatlashda davom etishini ma'lum qildi

Pentagon rahbari Lloyd Ostinning ma’lum qilishicha, Eron “tajovuzkor harakat”ni amalga oshirib turgan bir vaqtda Qo‘shma Shtatlar Isroilni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Ostinning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqda joylashgan Amerika qo‘shinlari “Eron tomonidan Isroil tomon uchirilgan ko‘plab raketalarni tutib olgan”.

“Biz Eronning bu dahshatli tajovuzkor harakatini qoralaymiz hamda u qo‘llab-quvvatlayotgan terroristik guruhlarni keyingi hujumlardan tiyilishga chaqiramiz”, dedi AQSH mudofaa vaziri.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar “o‘z xalqini himoya qilish, Isroil mudofaasiga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish va keskinlashuvning oldini olish uchun muhim imkoniyatlarga ega”. Pentagon matbuot xizmati, shuningdek, Ostinning Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant bilan telefon orqali muloqot qilgani, uning davomida Eron raketa hujumi oqibatlari muhokama qilingani haqida xabar bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты