AQSh moliya vaziri: Rossiya va Xitoy uchun dollarga muqobil valyuta yaratish juda qiyin bo'ladi

Rossiya va Xitoyda dollarga muqobil valyuta yaratish uchun motiv bor, lekin buni amalga oshirish juda qiyin bo’ladi, dedi AQSh moliya vaziri Janet Yellen.

Uning so’zlariga ko’ra, AQSh dollari hali uzoq vaqt davomida jahonning zaxira valyutasi bo’lib qoladi. Vazir ushbu mavzuni AQSh Kongressi Vakillar palatasining mablag’lar qo’mitasidagi tinglovda muhokama qildi.

Shuningdek, Yellen dollar jahonning zaxira valyutasi ekanligidan AQSh katta foyda ko’rayotganini qo’shimcha qildi.

“Rossiya va Xitoy dollardan foydalanishdan qochadigan boshqa tizimni ishlab chiqishga harakat qilish uchun motivatsiyaga ega. Ammo bunga erishish juda qiyin. Va men ishonamanki, dollar uni chetlab o’tish uchun tizimlar yaratishga qaratilgan turli urinishlarga qaramay, uzoq vaqt davomida jahonning zaxira valyutasi bo’lib xizmat qiladi", - dedi vazir.

Shu bilan birga moliya vazirligi rahbaridan qutbli dunyoni yaratishga munosabati haqida ham so’ralgan, biroq u ushbu savolga javob berishdan qochgan.

“Men ko’p qutbli dunyo haqida fikr bildirmayman, chunki bu bilan nimani nazarda tutayotganingizni aniq bilmayman. Lekin, albatta, biz xalqaro savdoda Amerika biznesiga adolatli munosabatda bo’lishini ta’minlash uchun boshqa davlatlar bilan ishlamoqdamiz”, - deya qo'shimcha qildi Janet Yellen.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51521 | Инструменты