Huawei 1
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi

AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Suriya o‘tish davri hukumati vakillariga mamlakatda moliyaviy faoliyatni kengaytirish uchun umumiy litsenziya berdi. Bu haqda Reuters 6 yanvar, dushanba kuni Amerika rasmiylarining tegishli rezolyutsiyasiga tayanib xabar berdi. «AQSh insonparvarlik yordami oqimini osonlashtirish maqsadida Suriyada Bashar Asad hukmronligi tugaganidan keyin olti oy muddatga davlat idoralari bilan tranzaksiyalar uchun sanksiyalardan ozod qilishni joriy etdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanganidek, bosh litsenziya 7 iyulgacha «Suriyaga ba’zi energiya operatsiyalari va shaxsiy pul o‘tkazmalari»ga ruxsat beradi. Biroq, «bu qaror hech qanday sanksiyalarni bekor qilmadi», — deya aniqlik kiritmoqda ular. Suriyada ayni damda sezilarli darajada elektr taqchilligi kuzatilmoqda – mamlakatning aksariyat hududlarida kuniga uch soatgacha elektr ta’minoti mavjud. «Muvaqqat hukumat ikki oy davomida kuniga sakkiz soatgacha elektr energiyasini yetkazib berishni maqsad qilganini aytmoqda», deb yozadi Reuters.

O‘z navbatida, AQSh Moliya vazirligi bu harakat «sanksiyalar asosiy xizmatlar ko‘rsatishga va butun Suriya bo‘ylab hukumat funksiyalarining uzluksizligiga, jumladan elektr energiyasi, energiya, suv va kanalizatsiya bilan ta’minlashga to‘sqinlik qilmasligiga» qaratilganini aytdi. Choralarni yumshatish uchun ajratilgan olti oy davomida «AQSh hukumati voqealar rivojini joylarda kuzatishda davom etadi». Vashington mamlakatning yangi hokimiyati yo‘nalishi aniq bo‘lishini kutmoqda va xususan, Damashq ayollar va etnik ozchiliklar huquqlari bo‘yicha bergan va’dalarini bajarishiga kafolat izlamoqda.

Berbokning yuzi Suriya o‘tish davri hukumati ijtimoiy tarmoqlarida xira qilib qo‘yildi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok va uning fransiyalik hamkasbi Jan-Noel Barroning Suriyaga rasmiy tashrifi chog‘ida olingan suratlarda «Hay’at Tahrir ash-Shom» (Hsh) guruhi bilan bog‘liq onlayn manbalar, shuningdek, mahalliy OAV Berbok suratlarini xira qilib qo‘ydi. Germaniya tashqi ishlar vaziridan tashqari Damashqdagi Yevropa delegatsiyasiga hamrohlik qilayotgan boshqa ayollarning ham yuzlari retush qilindi.

«Annalena Berbokning Damashqqa tashrifi shuni ko‘rsatadiki, Suriyaning yangi rahbariyati nufuzli xorijiy siyosatchilar bilan muloqot qilishda jiddiy muammolarga duch kelayotgani aniq», — deyiladi Germaniyaning n-tvv telekanali 5 yanvar kungi reportajida. Avvalroq Hsh rahbari va Suriyaning o‘tish davri hukumati rahbari Ahmad al-Shara Berbok bilan qo‘l berib salomlashmagani, ammo erkaklar bilan qo‘l berib ko‘rishgani qayd etilgan edi. Berbok misolida u qo‘lini ko‘kragiga qo‘yish ishorasi bilan cheklandi.

Shu bilan birga, Suriya davlat axborot agentligi SANA Annalena Berbokning suratlarini o‘zgartirishlarsiz chop etdi. Erkak va ayol o‘rtasida qo‘l berib ko‘rishish taqiqlanmaydi, ammo Hsh a’zolari bunday salomlashishni zinoga birinchi qadam, deb hisoblashadi, deya ta’kidlaydi n-tv.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10813 | Инструменты